Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Barselona" Messini ortga qaytarish rejasini tuzmoqchi

"Barselona" Messini ortga qaytarish rejasini tuzmoqchi

"Barselona" hujumchi Lionel Messini ortga qaytarish bo‘yicha ish boshlamoqchi.

«Barselona» rahbarlari – Joan Laporta, Yordi Kroyff va Mateu Alemani bosh murabbiy Xavi bilan birgalikda argentinalik futbolchini jamoaga qaytarishni orzu qilishmoqda. Ular kelasi yilning yozida 35 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishishga harakat qilib ko‘rishadi.

Xavi va Messi o‘rtasidagi munosabatlar ilik bo‘lib, ular tez-tez suhbatlashib turishibdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar tarqatdi.

«Barsa» keyingi oylarda futbolchining agentlari bilan aloqaga chiqib, muzokaralarni boshladi. Messi esa kelajagi borasidagi qarorni JCH-2022dan so‘ng qabul qilishni rejalashtirgan. Ungacha esa u chalg‘imaslikni ma’qul ko‘rmoqda. Shu bois, «Barsa» va Messi o‘rtasidagi muzokara yanvar-fevral oyilarida boshlanishi kutilmoqda.

Leoning «PSJ» bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Shu bois, u "Kamp Nou"ga erkin agent sifatida qaytishi mumkin.

Kiritildi: 16:11 01.08.2022. O'qildi: 2010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!