Angliyalik yarim himoyachi Entoni Gordon «Barselona» rahbarlari va tibbiy shtabida juda ijobiy taassurot qoldirmoqda. Bu haqda Marca gazetasi jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, jamoaning yangi a’zosi tibbiy ko‘rik paytida o‘zining a’lo darajadagi jismoniy tayyorgarligini namoyish etgan. Shuningdek, klubdagilar Gordonning jarohatlarga moyil emasligidan mamnunlar. U o‘zining butun faoliyati davomida biror marta ham jiddiy mushak jarohati olmagan.
Kataloniya grandi 25 yoshli vingerni yozgi transfer oynasida «Nyukasl» klubidan sotib olgan edi. Kelishuv qiymati 80 million yevroni tashkil etdi.
APLning yakunlangan mavsumida Entoni 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga oltita gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.