Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Barselona” 21 yoshli futbolchi uchun uch nafar yulduzidan birini sotishga tayyor

“Barselona” 21 yoshli futbolchi uchun uch nafar yulduzidan birini sotishga tayyor

Ispaniya terma jamoasi va Bilbaoning “Atletik” klubi hujumchisi Niko Uilyams “Barselona”ning transfer maqsadi hisoblanadi. Bu haqda Insayder Santi Ovale ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.

21 yoshli ispaniyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun "blaugrana" o‘zining ba’zi yulduz futbolchilari bilan xayrlashishga tayyor. Ushbu ro‘yxatga yarim himoyachilar Frenki de Yong va Rafinya, shuningdek, himoyachi Ronald Arauxo kiritilgan.

O‘tgan mavsumda Niko "Atletik" safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uilyamsning bask klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Kiritildi: 11:36 05.07.2024. O'qildi: 707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!