Muhokamaga qo‘yilgan Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’limni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 2030 yilgacha qator islohotlar amalga oshiriladi.
Xususan, 1 000 ta yangi avlod darslik majmualari chop etiladi, ular asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dastur ishlab chiqiladi. Ta’lim muassasalariga har yili 600 nafar xorijiy, “til egasi” bo‘lgan mutaxassislar jalb qilinadi.
Eng muhimi, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarda qo‘llanilayotgan baholash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilib, 2030 yilga borib barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini (100 foiz) qamrab oladi.