Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Barcha amerikaliklar uchun koronavirus vaksinasi tekin bo‘ladi

Barcha amerikaliklar uchun koronavirus vaksinasi tekin bo‘ladi

13 vagust kuni AQSh rasmiylarining ma’lum qilishlaricha, agar COVID-19 vaksinasi samarali bo‘lsa, hukumat uni barcha amerikaliklar uchun tekin bo‘lishini kafolatlaydi.

AQSh hozirgacha oltita vaskina loyihalariga jami bo‘lib o‘n milliard dollardan ko‘proq investisiya kiritdi. Qo‘shma Shtatlar hukumati bu vaksinalar kelajakdagi klinik sinovlarda o‘zini oqlasa, ulardan bir necha yuz million dozada sotib olish bo‘yicha bitimlarni imzoladi. Ushbu vaksina dozalari uchun ham mablag‘ni hukumat ajratadi.

“Biz 2021 yilning yanvar oyiga qadar yuz millionlab dozada vaksina yetkazib berishni rejalashtirmoqdamiz” deydi AQSh Sog‘liqni saqlash departamenti rasmiylaridan biri Pol Mango.

Sog‘liqni saqlash milliy institutlari diyerktori Fransis Collinsning aytishicha, AQSh investisiya kiritgan oltita vaksinaning kamida bittasi yilning oxirigacha tayyor bo‘ladi.

AQSh prezidenti Donald Trampni tanqid qiluvchilar hukumat vaksinani noyabrdagi saylovlargacha tayyor qilish uchun uning bir qancha xavfsizlik sinovlarini chetlab o‘tishi mumkinligi haqida xavotirlanishmoqda. Lekin, Mango buni rad etgan.

Shu haftada Rossiya o‘zining vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazganini e’lon qildi. Ammo, «Sputnik V” deb nomlangan ushbu vaksina hali klinik sinovlarning oxirgi bosiqichidan o‘tmagan. Odatda, aynan shu so‘nggi bosqichda vaksina ko‘p sonli odamlarda tekshiriladi va uning xavfsizligi hamda samaradorligi tasdiqlanadi.

“Men umid qilamanki, ruslar vaksinaning xavfsizligi va samaradorligini haqiqatda isbotlashdi, lekin, men ularning bunday qilganliklariga jiddiy shubha qilyapman” degan AQShning bosh infeksionisti Antoni Fauchi.

Kiritildi: 17:45 14.08.2020. O'qildi: 1973 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!