Assalomu alaykum, ustoz. Bankdan kredit olish mumkinmi yoki kreditga uy, mashina va boshka buyumlarni olsa buladimi? Imtiyozli bo‘lsa ham baribir foizi borku. Tadbirkorlik qilish uchun ham kredit olishga to‘g‘ri kelyapti. Dinimizda bunga yo‘l bormi?
Mulkdorning o‘zidan uy, mashina va boshqa buyumlarni nasiyaga qimmat narxda olish joiz. Tadbirkorlikda qarzga yoki muzoraba yoki mushoraka yo‘li bilan pul olsa bo‘ladi.
Alloh yanada bilguvchiroq.
Mubashshir AHMAD,