Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Bangladeshda rohinjalarni xavfli orolga ko‘chirish boshlandi

Bangladeshda rohinjalarni xavfli orolga ko‘chirish boshlandi

Bangladesh hukumati xalqaro hamjamiyatning tanqidlari va ogohlantirishlariga qaramay, musulmon rohinjalarni yashash uchun xavfsiz hisoblanmaydigan orolga ko‘chirishni boshladi. 

“Evronyus”ning xabar berishicha, 600 dan ziyod qochqin Bxasan Char deb ataluvchi orolga jo‘natilgan. Avvallari hech kim yashamagan bu orolda 112 million dollarga lager barpo etildi. Sohildan 34 kilometr uzoqlikdagi orol bundan yigirma yil muqaddam paydo bo‘lgan, kuchli yog‘ingarchilik paytida uni suv bosadi. Bxasan Charga 100 ming rohinjani joylashtirish rejalashtirilgan.   

Myanmadagi qirg‘indan qochgan rohinjalar endi tabiiy ofatlarga duch kelishi mumkin. Ular 2017 yilning avgustida Myanma armiyasi va radikal buddaviylarning hujumiga uchragan edi. Shundan so‘ng 700 mingdan ziyod rohinja Bangladeshga qochib keldi va bu yerdagi qochqin rohinjalarning soni oldin kelganlar bilan qo‘shib hisoblaganda 1 milliondan oshib ketdi. 

Kiritildi: 16:02 04.12.2020. O'qildi: 2633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!