Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bangladeshda ham jamoat namozlarini o‘qish to‘xtatildi

Bangladeshda ham jamoat namozlarini o‘qish to‘xtatildi

Bangladesh hukumati masjidlarda jamoat namozlarini, jumladan, juma namozlarini to‘xtatib turish haqida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda “Anadolu”. 

Ushbu cheklov koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq. Ma’lumki, Bangladesh aholi zichligi bo‘yicha dunyoda oldingi o‘rinlarda turadi va har qanday infeksiyaning tez tarqalish xavfi yuqori. 

Bangladesh din ishlari vazirligi diniy tadbirlar, yig‘inlar va jamoa holida ado etiladigan ibodatlar to‘xtalishi kerakligi, bu cheklovga rioya etmaganlar javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi. 

Ammo masjidlar butunlay yopilmaydi: har bir masjidda imom, muazzin va yana uch xodim namozlarni o‘z vaqtida ado etib borishadi. 

Kiritildi: 05:00 08.04.2020. O'qildi: 1319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!