Bangladesh prezidenti Muhammad Shahobuddin sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab lavozimini rasman tark etdi. Bu haqda mahalliy Banglanews24 nashri xabar qildi.
Prezident iste’fo haqidagi bayonotida yurak va buyrak bilan bog‘liq bir qator kasalliklar tufayli davlat rahbari vazifasini bajarish imkoniyati qolmaganini ma’lum qildi.
Qonunchilikka muvofiq, prezident vakolatlari vaqtincha parlament spikeri zimmasiga o‘tadi. Mamlakatning yangi prezidenti 90 kun ichida saylanishi kerak.