Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Bangkokda havo «o‘ta xavfli» darajaga yetdi

Bangkokda havo «o‘ta xavfli» darajaga yetdi

Bangkokda havo harorati 39℃ga yetdi, ammo namlik va ob-havo sharoiti tufayli u 52℃dek his qilinmoqda. Bu haqda Bangkok Post xabar berdi.

Tailand poytaxti hokimiyati aholini kunduzi ko‘chaga chiqmaslikka chaqirdi. Qayd etilishicha, mavsum boshidan beri ilk bor ob-havo «o‘ta xavfli» darajaga yetgan deb baholanmoqda.

Jaziramaga yuqori namlik, shuningdek yomg‘ir va momaqaldiroqli havo qo‘shimcha ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli real haroratdan ancha yuqori his qilinishi kuzatilmoqda.

Bu holat ayniqsa 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 60 yoshdan oshgan qariyalar, homilador ayollar, ortiqcha vaznli insonlar hamda ko‘p vaqtni ochiq havoda o‘tkazadiganlar — sportchilar va sayyohlar uchun xavfli hisoblanadi.

Shuningdek, aholini himoya qilish maqsadida shahar bo‘ylab o‘nlab sovitish punktlari tashkil etilgan.

Kiritildi: Bugun 19:46. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!