Bahraynda Eron hujumlarini qaytarish paytida Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi.
Bu haqda Bahrayn Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoq sahiasida e’lon qildi.
"Qirollik Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondonligi qardosh BAA Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisining xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lganidan motam tutadi", deyiladi bayonotda.
Vazirlik uning "Eron hujumlariga javoban Bahrayn mudofaa kuchlari bilan birgalikda milliy burchini bajarish paytida" halok bo‘lganini ta’kidladi.