Bag‘dodda Iroqdagi go‘zallik tanlovi g‘olibi Tara Fares otib o‘ldirildi.
"Al-Arabiya" telekanalining ma’lum qilishicha, 30 yoshli model o‘zining shaxsiy sport mashinasida o‘ldirilgan. Ikkita o‘q boshiga tekkan bo‘lsa, yana bittasi ko‘kragini teshib o‘tgan.
Ma’lumot uchun Tara 2015 yilda Iroqdagi go‘zallik tanlovi g‘olibasiga aylangan. Keyin bir muddat Yevropada yashagan. Tara “Instagram” ochiq-sochiq suratlarini qo‘yib mashhurlikka erishgandi.