Bagama orollarida Flamingo Air kompaniyasining Cessna 402 samolyoti halokatga uchradi. Bortdagi barcha 10 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda New York Post nashri Aviasiya halokatlarini tekshirish bo‘limiga (AAIA) tayanib xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nassaudagi Lynden Pindling xalqaro aeroportidan San Androsga yo‘l olganidan ko‘p o‘tmay, samolyot "havoda qiyinchiliklarga" duch keldi va Andros orolining shimolida quladi. Boshqaruv bilan bog‘liq muammolar haqida xabar berilgan, natijada samolyot o‘rmonli hududga qulagan.
Bortdagi bir kishi avariyadan omon qoldi, ammo keyinchalik olgan jarohatlaridan vafot etdi. Halokat sababi tekshirilmoqda.