Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Badaxshonda yuz bergan to‘qnashuv oqibatida ikki nafar mahalliy aholi halok bo‘ldi

Badaxshonda yuz bergan to‘qnashuv oqibatida ikki nafar mahalliy aholi halok bo‘ldi

Ma’lum qilinishicha, to‘qnashuv oqibatida ikki nafar mahalliy aholi halok bo‘lgan va besh nafar huquqni muhofaza qiluvchi xodim jarohatlangan.

Ta’kidlanishicha, to‘qnashuvdan oldin aholi namoyish o‘tkazgan. Ularning 24 noyabr kuni boshlagan va hozirgacha davom etayotgan mitingiga organ xodimlarining fuqaroni otib tashlagani sabab bo‘lgan. Tojikiston matbuotining yozishicha, huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Xorug‘ yaqinidagi Roshtqal’a darasining Shoxdara qishlog‘ida yashovchi Gulbiddin Ziyebekov halok bo‘lgan. Rasmiylar mazkur ma’lumotni tasdiqlagan. Badaxshon prokuraturasi bayonotida Gulbiddin Ziyebekov Jinoyat kodeksining «garovga olish» va «Milliy adovatni qo‘zg‘atish» moddalari bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida qidiruvga berilgani xabar qilingan.

Qayd etilishicha, 25 noyabr kuni Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasi oldida yuzga yaqin tojikistonlik yuqoridagi holat yuzasidan elchixonadan ma’lumot olish uchun to‘plangan. Ular qarindoshlari bilan bog‘lana olmayotganini aytgan.

Kiritildi: 18:54 26.11.2021. O'qildi: 1999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!