Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

BAAdagi Amazon ma’lumotlar markazida yong‘in yuz berdi

BAAdagi Amazon ma’lumotlar markazida yong‘in yuz berdi

1 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan Amazon Web Services (AWS) ma’lumotlar markaziga noma’lum jismlar kelib urilishi natijasida yong‘in kelib chiqdi.

Zarba yong‘inga olib keldi. Natijada, mahalliy yong‘in xavfsizligi xizmati yong‘inni o‘chirish uchun asosiy elektr ta’minoti va zaxira generatorlarini o‘chirishga qaror qildi. Natijada ma’lumotlarni qayta ishlash markazi butunlay ishdan chiqdi.

Reuters agentligining ma’lum qilishicha, ushbu hodisa mintaqadagi keskin vaziyat — Eronning AQSh va Isroilga javob zarbalari fonida yuz bermoqda.

Hozirda BAAning strategik ob’ektlari va aholi punktlari xavf ostida qolgan. AWS mutasaddilari yong‘inning harbiy harakatlarga aloqadorligi borasida aniq ma’lumot berishdan tiyildi.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!