Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

BAA Eronning milliardlab dollarlarlik aktivlarini blokdan chiqarmoqchi

BAA Eronning milliardlab dollarlarlik aktivlarini blokdan chiqarmoqchi

Reuters agentligi manbalariga ko‘ra, kamida 10 milliard dollar blokdan chiqariladi, shundan dastlabki 3 milliard dollar allaqachon Tehronga topshirib bo‘lingan.

Ta’kidlanishicha, BAA rasmiylarining qarori Eronning mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumlarini to‘xtatish uchun qabul qilingan.

"BAA va Eron o‘rtasida hujumlarni to‘xtatish hamda iqtisodiy va razvedka sohasidagi hamkorlikni qayta tiklash evaziga Tehronning muzlatishdan chiqariladigan akitivlari umumiy summasi 20 milliard dollarga yetishi mumkin", deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mablag‘larni muzlatishdan chiqarish evaziga Tehron BAAga raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari hujumlarini to‘xtatishga va’da bergan.

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!