Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

BAA 13 ta davlat fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi

BAA 13 ta davlat fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) 13 davlat fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi. Viza taqiqiga uchraganlarning aksari musulmon mamlakatlardir.

Ma’lum bo‘lishicha, BAAda 18 noyabrda kuchga kirgan yo‘riqnomaga binoan bu davlatlarning fuqarolariga ishlash va sayohat qilish uchun viza berilmaydi. Taqiq Eron, Suriya, Somali, Afg‘oniston, Liviya, Yaman, Jazoir, Keniya, Iroq, Livan, Pokiston, Turkiya va Tunis fuqarolariga nisbatan joriy etildi. 

“Reyter” agentligiga intervyu bergan BAAlik mutasaddilardan biri afg‘onistonliklar, pokistonliklar va boshqa ayrim davlatlarning fuqarolariga viza berishning to‘xtatilishi xavfsizlik choralari bilan bog‘liqligini va taqiq uzoq davom etmasligini aytgan. Biroq u xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar aynan nimalar ekanligini ma’lum qilmagan. 

O‘tgan haftada Pokiston ham BAA fuqarolariga viza berishni to‘xtatgan edi.

Kiritildi: 17:55 25.11.2020. O'qildi: 2197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!