Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Aziz Turg‘unboyev "Andijon" bilan shartnoma imzoladi

Aziz Turg‘unboyev "Andijon" bilan shartnoma imzoladi

Qishki seleksiya ishlarini faol olib borayotgan "Andijon" bu borada hali to‘xtagani yo‘q.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va bungacha "Paxtakor" safida to‘p tepgan hujumkor yarim himoyachi Azizbek Turg‘unboyev "Mavsum-2026"da "Andijon" sharafini himoya qiladi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishdi va mehnat shartnomasi imzolandi.

Ma’lumot uchun, Azizbek Turg‘unboyev 1994 yilning 1 oktyabr sanasida Namanganda tavallud topgan. U faoliyati davomida "Navbahor" "Paxtakor" va shu bilan birga Turkiya chempionatida "Sivaspor" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Turg‘unboyev faoliyati davomida hozirgacha 275 ta uchrashuvda maydonga tushib, 46 ta gol urgan va 20 ta assistni bajargan.

2018 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoamiz sharafini himoya qilib kelmoqda va bunga qadar 43 ta o‘yinda ishtirok etgan va 6 ta gol muallifiga aylangan.

Aziz Tug‘unboyev 3 karra O‘zbekiston chempioni, 2 karra O‘zbekiston Superkubogi sohibi, 1 marta O‘zbekiston Kubogi sohibi va 1 marta milliy terma jamoamiz bilan "CAFA" musobaqasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: Bugun 08:23. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!