Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ayrim ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlanadi

Ayrim ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlanadi


Hukumat qarori (519-son, 28.09.2026 y.) bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga ko‘ra,

📝 Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilingan, umumiy mehnat staji 25 yildan kam bo‘lmagan 58 yoshdan 60 yoshgacha erkaklar va umumiy mehnat staji 20 yildan kam bo‘lmagan 53 yoshdan 55 yoshgacha ayollar muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdimnoma rasmiylashtirish bo‘yicha YAIDXP orqali so‘rovnoma yuboradi.

📄 Mehnat shartnomasi bekor qilingani haqidagi buyruq nusxasi ilova qilinadi. Mehnat staji to‘liq raqamlashmagan bo‘lsa, mehnat daftarchasi nusxasi ham taqdim etiladi.

⏱️ Mahalliy mehnat organi hujjatlarni 2 ish kuni ichida tekshiradi.

👨‍💼 Ariza beruvchi ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinadi va unga 3 oy davomida maqbul ish topish choralari ko‘riladi.

⚖️ Agar 3 oy davomida maqbul ish topilmasa, shaxs ishsiz deb e’tirof etiladi va muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun taqdimnoma Pensiya jamg‘armasiga yuboriladi.

💰 Pensiya tayinlanganidan keyin ishsizlik nafaqasini to‘lash keyingi oydan boshlab to‘xtatiladi.

🆓 Davlat xizmati uchun to‘lov undirilmaydi.
Kiritildi: 22:22 30.09.2026. O'qildi: 1111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!