Bugun 21 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Ayollar uchun eng qulay davlatlar reytingi e’lon qilindi

Ayollar uchun eng qulay davlatlar reytingi e’lon qilindi
O‘zbekiston ayollar farovonligi, huquqlari va xavfsizligini baholovchi xalqaro reytingda 181 davlat orasida 98-o‘rinni egalladi. Mamlakatning indeksdagi ko‘rsatkichi 0,674 ballni tashkil etgan. MDH davlatlari orasida Moldova 36-o‘rin (0,821 ball), Armaniston 56-o‘rin (0,762), Belarus 63-o‘rin (0,739), Qozog‘iston 72-o‘rin (0,722), Turkmaniston 74-o‘rin (0,720), Rossiya 75-o‘rin (0,718), Qirg‘iziston 84-o‘rin (0,697) va Tojikiston 89-o‘rin (0,685)ni egallagan. O‘zbekiston esa 98-o‘rinda. Ushbu taqqoslashda O‘zbekistondan pastda faqat Ozarbayjon – 111-o‘rinda turibdi. Reytingning eng yuqori beshligini Shimoliy Yevropa davlatlari egallagan. Daniya 0,939 ball bilan birinchi, Islandiya 0,932 ball bilan ikkinchi, Norvegiya va Shvesiya 0,924 balldan uchinchi, Finlyandiya esa 0,921 ball bilan beshinchi o‘rinda qayd etilgan. Reytingning eng quyi uchligi esa Afg‘oniston, Yaman va Markaziy Afrikadan iborat.
Kiritildi: 14:25 20.08.2026. O'qildi: 701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!