Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ayolini pichoqlab o‘ldirgan erkak ozodlikdan mahrum etildi

Ayolini pichoqlab o‘ldirgan erkak ozodlikdan mahrum etildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudining o‘z binosida ochiq sud majlisida shar’iy nikohida bo‘lgan xotinini o‘ldirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi T. Adilov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2018 yil 15 dekabr kuni soat 23:50 larda 2013 yildan 2018 yilning oktyabr oyiga qadar Navoiy shahrida shar’iy nikohda birga er-xotin sifatida yashab kelgan fuqaro S. Olimovani avvaldan o‘rtalarida kelib chiqqan nizoni hal qilib olish va uni yana er-xotin sifatida birga yashash masalasida o‘zaro gaplashib olish bahonasida Navoiy shahar, Nizomiy ko‘chasida joylashgan “Anhor” kafesi yoniga chaqirib, uni Karmana tumani, “Kalovat” MFY hududidagi “Karmana-Qiyot” fermer xo‘jaligi ekin maydoni yonidan o‘tgan mahalla ichki ko‘chasiga qadar piyoda S. Olimova o‘zi bilan  olib kelgan pivo va konyak spirtli ichimliklarini birgalikda iste’mol qilib borishgan.

Fuqaro S. Olimova T. Adilov bilan birga er-xotin sifatida yashashni hoxlamasligini, undan ko‘ngli sovigani va unga xiyonat qilgan  holda boshqa bir erkak bilan yaqindan aloqada bo‘lib kelayotganini yuziga ochiqdan-ochiq ma’lum qilgani natijasida G‘. Qo‘ziyevning S. Olimovaga nisbatan yuzaga kelgan nafrati zamirida bu qilmishlari uchun uni o‘ldirishini bildirib, ogohlantirishiga qaramasdan S. Olimova G‘. Qo‘ziyevning rashkini keltiruvchi va unga nisbatan haqoratli so‘zlarni aytishdan to‘xtamasdan “Karmana-Qiyot” fermer xo‘jaligining ekin yeri maydoni tomonga qochgan.

T. Adilov S. Olimovani uni kamsitib, haqorat qilganidan g‘azablanib, egnida bo‘lgan qishki kiyimining cho‘ntagida doimiy olib yuruvchi kichik hajmli yig‘ma pichog‘i bilan S. Olimovani qasddan o‘ldirish maqsadida uni “Karmana-Qiyot” fermer xo‘jalining ekin yeri maydoni chetidagi ariq yoniga qadar ta’qib qilib, uni yerga yiqitib olib, yonida bo‘lgan pichoq bilan S. Olimovaning bo‘yin sohasidan kesib  uni qasddan o‘ldirib, voqea joyidan yashiringan.

Sudlanuvchi e’lon qilingan aybga qisman iqrorlik bildirib, Navoiy shahar IIBga borib sodir qilgan jinoyatini ularga ma’lum qilgani haqida ko‘rsatma berib, sodir etgan qilmishidan pushaymonligini bildirib kechirim so‘rab adolatli qaror chiqarishni so‘radi.

Sudlanuvchi T. Adilovning sodir etgan jinoiy harakati o‘zining aybiga iqrorlik bildirib bergan ko‘rsatmasidan tashqari, jinoyat ishida tekshirilgan dalillar majmui bilan o‘z tasdig‘ini topdi.

Sud, ishning barcha holatlarini sinchkovlik bilan o‘rganib, dalillarga baho berib, T. Adilovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasining 1-qismi bilan aybli deb topib, unga shu modda bilan 11  yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Shuhrat Kamolov, jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi raisi o‘rinbosari

Kiritildi: 15:26 02.06.2019. O'qildi: 1909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!