Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ayol qo‘riqchilar: «Bu yerda faqat kuchlilar omon qoladi»

Ayol qo‘riqchilar: «Bu yerda faqat kuchlilar omon qoladi»

Malavida butun mamlakat bo‘ylab qo‘riqchilarning 11 foizini ayollar tashkil etadi, ammo gender xilma-xilligini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Malavidagi 52 nafar ayol dala qo‘riqchilaridan biri Trace Banda parkda brakonerlikka qarshi mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rayotganda, M-16 hujum qiluvchi miltiqni ko‘tarib, inspektorlar lageri tashqarisida xizmat vazifasini bajarmoqda.

«Bu oson ish emas. Faqat eng kuchli odam omon qoladi», deydi u.

35 yoshli Banda tabiat qo‘riqchisi bo‘lib, Kasungu milliy bog‘idagi yovvoyi hayotni saqlab qolish uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

Bog‘ Kasungu tumanida joylashgan bo‘lib, qariyb 55 ming kishi istiqomat qiladi, bu mamlakatdagi  ikkinchi yirik milliy bog‘dir.

Banda, u dala qo‘riqchisi bo‘lishini hech o‘ylamagan. Garchi u oldinda nima bo‘lishini bilmasa ham, 2008 yilda u dala nazoratchisi bo‘lish uchun ariza topshirdi. O‘sha vaqtda  parkga kelgan yagona ayol qo‘riqchi edi.

«Qisqa ro‘yxatga olinganimdan so‘ng, inspektor bo‘lishga yaroqlimi yoki yo‘qligini aniqlash uchun men mashg‘ulotlarga bordim. Bu juda mashaqqatli edi. Men har kuni ertalab yugurishim kerak edi, ba’zida 15 kg og‘irlikdagi xalta bilan yurardim, ammo men tirik qoldim.»

2016 yilda Butunjahon yovvoyi tabiat fondi tomonidan Afrikaning 12 mamlakatida, shu jumladan Zimbabve, Zambiya va Janubiy Afrikada o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 570 inspektorlar o‘rtasida ayollar atigi 19 foizni tashkil etadi.

Malavining milliy bog‘lar va yovvoyi tabiat bo‘limining ma’lumotlariga ko‘ra, 2006 yildan beri qo‘riqchi ayollar soni ko‘paymoqda.

Biroq, Kasungu bog‘idagi 82 dala inspektoridan atigi sakkiz nafarini ayol inspektorlar tashkil etadi.

Manba: tarjumon.uz

Kiritildi: 23:00 14.11.2019. O'qildi: 4125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!