Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ayol eri «uni juda ham qattiq sevgani» tufayli ajrashishga qaror qildi

Ayol eri «uni juda ham qattiq sevgani» tufayli ajrashishga qaror qildi

Birlashgan Arab Amirliklarida ayol eri “uni juda ham qattiq sevgani” tufayli ajrashishga qaror qildi. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar qildi.

Ayol emiratning Fujayra shariat sudiga ajrashish haqidagi ariza bilan murojaat qilgan. Sudda o‘zini “erining sevgisi bilan bo‘g‘ib qo‘yilganini” aytgan.

“U hech qachon menga baqirmaydi, biror istagimni rad qilmaydi”, - deya hasrat qilgan ayol. Uning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i ba’zan u uchun taom tayyorlagan va uylarni supurib sidirib, orasta qilgan.

Hammasidan ham erining to‘ydan keyin bir yil davomida biror marta ham gap qaytarmagani o‘tib tushgan va juda jahlini chiqargan.

“Men tortishuvlarga muhtojman, hattoki janjallarga ham. Men bir martagina bo‘lsa ham tortishishni xohlayman, biroq buning mening romantik erim bilan sira iloji yo‘q. U hamisha meni kechiradi va sovg‘alar bilan ko‘mib tashlaydi”, - deya dardlarini to‘kkan ayol.

Shuningdek, ayol eri uning hayotini jahannamga aylantirganidan noligan.

Erkak xotinining qaroridan qattiq xafa bo‘lgan va ideal va mehribon er bo‘lishga doimo harakat qilganini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, xotini uni ortiqcha vazni uchun koyigani sababli parhez tutgan va sport bilan shug‘ullanishni boshlagan. Mashg‘ulotlarning birida oyog‘ini sindirib ham olgan.

Dili xufton bo‘lgan er sudyadan xotiniga arizasini qaytarib olishni tavsiya qilishni o‘tinib so‘ragan. Natijada sud er-xotinga murosaga kelishlari uchun imkon berish maqsadida ishni ko‘rib chiqishni boshqa kunga qoldirgan.

Kiritildi: 05:15 25.08.2019. O'qildi: 3906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!