Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ayo-Sofiya masjidining elektron nusxasi yaratildi

Ayo-Sofiya masjidining elektron nusxasi yaratildi

Turkiya mashhur Ayo-Sofiya masjidining elektron nusxasini yaratdi. Endi inshoot zilzila natijasida vayron bo‘lgan taqdirda ham mazkur jahon merosi ob’ektini qayta tiklash imkoni paydo bo‘ldi.

“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, tashabbus Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Jamg‘armalar bosh boshqarmasi tomonidan ilgari surilgan.

Ikki yil davomida mutaxassislar masjidning, deyarli, har kvadrat santimetrini skanerdan o‘tkazib, qurilishi milodiy 537 yil yakunlangan majmuaning “elektron klonini” shakllantirdi.

Loyiha Istanbulning tarixiy ramzlaridan biri haqidagi barcha ma’lumotlarni saqlab qolish va kelajak avlodlarga yetkazishni nazarda tutadi.

– Ayo-Sofiya 500 yildan keyin ham bugungidek qolishini istaymiz, – dedi jurnalistlarga boshqarma vakili Shengul Konjagul. – Yig‘ilgan ma’lumot tufayli tabiiy ofatdan jiddiy zarar ko‘rilgan taqdirda ham binoning me’moriy qiyofasini tiklash mumkin.

Kiritildi: 13:12 20.06.2024. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!