Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Ayni paytda Ukrainada bo‘lgan o‘zbeklar soni ma’lum qilindi

A A A
Ayni paytda Ukrainada bo‘lgan o‘zbeklar soni ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Yusup Kabuljanov Ukrainada bo‘lib turgan o‘zbeklar sonini ma’lum qildi:

O‘zbekiston Respublikasining Kiyev shahridagi Elchixonasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, hozirda Ukraina hududida 4300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib turibdi. Shu bilan birga, fuqarolarimiz ro‘yxati yanada aniqlashtirilmoqda.

Shuningdek, Kabuljanov evakuasiya choralari haqida ham ma’lumot berdi:

Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Kiyevdagi Elchixonasi tomonidan evakuasiya rejasi va Ukraina hududini tark etishni xohlovchi fuqarolar ro‘yxati ishlab chiqilmoqda. Ukraina havo hududining yopilganini inobatga olgan holda jo‘nab ketish yo‘nalishlari va joyi ishlab chiqilmoqda.

Maqbul evakuasiya yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar uchinchi davlatlarning tegishli tashkilotlari bilan kelishilgan sari, O‘zbekiston fuqarolari Elchixonaning www.uzbekistan.org.ua sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

YU.Kabuljanov O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi ma’lumotiga tayanib, jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmaganini tasdiqladi.

Kiritildi: 21:39 24.02.2022. O'qildi: 4004 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!