Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Aydos Mirzaxmetov Qozog‘iston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Aydos Mirzaxmetov Qozog‘iston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Tegishli farmonni mamlakat Qosim-Jomart To‘qayev imzolagan.

Toqayev alohida farmon bilan Aydos Mirzaxmetovni mudofaa vaziri etib tayinladi va uni avvalgi lavozimidan ozod qildi.

Yangi vazir 2024 yil yanvardan buyon Qozog‘iston Qurolli Kuchlari Maxsus operasiyalar kuchlariga qo‘mondonlik qilib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlar paytida 14 nafar harbiy xizmatchining halok bo‘lishi fonida kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Bundan tashqari, Qozog‘iston Oliy auditorlik palatasi Mudofaa vazirligida davlat auditini boshladi. Tekshiruvda byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi va harbiy qismlarning moddiy-texnik ta’minoti o‘rganiladi.

Fojia bo‘yicha jinoyat ishi ham tergov qilinmoqda. Qozog‘iston IIV ma’lumotiga ko‘ra, xizmatga sovuqqonlik bilan qarash va kemani boshqarish qoidalarini buzish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Mudofaa vazirligining besh nafar mansabdori, jumladan Harbiy-dengiz kuchlari bosh shtabi boshlig‘i — bosh qo‘mondonning birinchi o‘rinbosari, ikki harbiy qism komandiri, dengiz piyodalari rotasi hamda kater komandiri gumonlanuvchi sifatida ushlangan.

Kiritildi: 21:20 27.09.2026. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!