Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Avtomobillarni tyuning qilishga ruxsat beriladimi?

Avtomobillarni tyuning qilishga ruxsat beriladimi?

"Menim fikrim" jamoaviy murojaatlari portalida transport vositalarini tyuning qildirishga qonunchilik darajasida ruxsat berish to‘g‘risida petisiya paydo bo‘ldi. 

Murojaat matnida aytilishicha, bu qo‘shimcha ish o‘rinlari va sohada noyob milliy brendlar yaralishiga imkon beradi. Mahalliy, milliy rangni hisobga olgan holda ijodiy individual yondashuv yoshlarni (ixtirochilar) nostandart qarorlar qabul qilishga undaydi. Avtomobillar tyuningini qonuniylashtirish avtomobilsozlikni nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro miqyosda ham rivojlantirish uchun rag‘batlantiruvchi omil bo‘ladi: xalqaro ko‘rgazmalar, tanlovlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishga zamin yaratadi.

Kiritildi: 13:35 22.05.2019. O'qildi: 1977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!