Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Avtobusda yo‘lkirani to‘lamaganlar SI orqali ushlanishi mumkin

Avtobusda yo‘lkirani to‘lamaganlar SI orqali ushlanishi mumkin

O‘zbekistonda tez orada avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarni sun’iy intellekt orqali aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda joriy yilning 14 may kuni “Toshshahartransxizmat” AJda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Bildirilishicha, joriy yilda to‘rt oy ichida 50 mingdan ziyod fuqaro Toshkent shahridagi avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamagani aniqlangan. Ularning 70 foizi talabalarni tashkil etgan.

“Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, chiptasiz yo‘lovchilarni sun’iy intellekt orqali nazorat qilish rejalashtirilmoqda.

“Sun’iy intellekt yordamida yo‘lovchilarni yo‘l haqini to‘lamaganligini nazorat qiladigan yechim ishlab chiqilgan. Barcha ma’lumotlar bizda bor. Qaysi yo‘nalishda surunkali ravishda qaysi yo‘lovchi to‘lamayotganigacha bilamiz”, deydi “Toshshahartransxizmat” AJ Boshqaruv raisining raqamlashtirish va sun’iy intellekt joriy etish bo‘yicha maslahatchisi Shohruz Xojiyev.

Uning bildirishicha, yo‘lovchilarning barcha harakatlarini avtobuslardagi kameralarga integrasiya qilingan sun’iy intellekt orqali tahlil qilish mumkin. Uning aytishicha, SI orqali har bir eshik yoniga o‘rnatilgan to‘lov apparatining yonidan o‘tgan yo‘lovchi alohida tahlil qilinadi.

Kiritildi: 22:11 20.05.2026. O'qildi: 220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!