Meta kompaniyasi 16 yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunga muvofiq, 500 mingdan ortiq avstraliyalik bolalarning Facebook va Instagramdagi akkauntlarini o‘chirdi.
ABC ma’lumotlariga ko‘ra, 4-11 dekabr kunlari orasida Instagramdan 330 ming, Facebookdan 173 ming va Threaddan 39 ming foydalanuvchi o‘chirilgan. Bu 2025 yil 10 dekabrda kuchga kirgan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlovchi qonun bilan bog‘liq bo‘ldi.
Amerika kompaniyasi foydalanuvchilarning yoshini tasdiqlashda qo‘llaniladigan «tizimsiz» tekshiruv usullarini tanqid qilib, mazkur qonunchilikning maqsadlariga oid tanqidiy eslatmalarini yana bir bor yodga soldi.
O‘z navbatida, Meta kompaniyasi Avstraliya qonunlariga rioya qilishda davom etishiga qaramay, federal hukumatning sanoat bilan boshqacha tarzda o‘zaro aloqada bo‘lishini xohlayotganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Avstraliya o‘smirlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlagan birinchi mamlakat bo‘lgan.
Yangi qonunga ko‘ra, eng yirik o‘nta platforma bolalarning kirishini yarim tundan boshlab blokirovka qilishga majbur, aks holda ular 49,5 million Avstraliya dollari (taxminan 33 million AQSh dollari) miqdorida jarima to‘lashlari mumkin.