Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Avstraliya migrasiya qoidalarini kuchaytirmoqchi

Avstraliya migrasiya qoidalarini kuchaytirmoqchi
Avstraliya hukumati migrasiya oqimini qisqartirish maqsadida xorijlik talabalar, “viza almashtiruvchilar” hamda ishlash va sayohat vizasi egalari uchun yangi cheklovlar joriy qilishni ko‘rib chiqmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, ayrim istisnolardan tashqari, xorijlik talabalar oila a’zolarini Avstraliyaga olib kelish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. O‘qishni davom ettirmoqchi bo‘lganlar esa yuqoriroq malaka darajasiga o‘tishlari kerak.Mamlakatda qolish muddatini uzaytirish maqsadida boshqa o‘quv dasturiga o‘tishni anglatuvchi “viza almashtirish” amaliyoti ham cheklanadi. Bogdan tashqari, 18–30 yoshlilar uchun ish va sayohat vizalari bo‘yicha kvotalar ham qisqartiriladi. Ikkinchi yillik viza uchun 45 ming, uchinchi yillik viza uchun esa 5 ming kishilik kvota belgilanadi.Buyuk Britaniya va ASEAN mintaqasi davlatlari bundan mustasno. Hukumat 2028 yilga qadar migrantlarning sof oqimini 225 ming kishiga tushirishni maqsad qilgan. 2026 yil mart oyiga qadar bo‘lgan 12 oyda bu ko‘rsatkich 292 100 kishini tashkil etgan. Migrasiya bo‘yicha yangi choralar jamoatchilik e’tiborida bo‘lib qolmoqda.
Kiritildi: 20:03 18.09.2026. O'qildi: 933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!