Bugun 11 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Avgust oyida global harorat rekord darajaga chiqdi

Avgust oyida global harorat rekord darajaga chiqdi

Avgust kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy sifatida 2023 yil iyuli qayd etgan rekordni takrorladi. Bu haqda Reuters Yevropa Ittifoqining Copernicus iqlim xizmati ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avgust oyida sayyora bo‘yicha o‘rtacha global harorat Selsiy bo‘yicha 16,96 darajani tashkil etgan.

«Dunyo kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oyni boshdan kechirdi. Avgustda global o‘rtacha harorat sanoatlashuvdan oldingi davr ko‘rsatkichidan 1,5 darajadan ziyod yuqori bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Reuters ta’kidlashicha, xuddi shunday ko‘rsatkich oxirgi marta 2023 yil iyulida qayd etilgan. O‘shanda ham global o‘rtacha harorat 16,96 daraja bo‘lgan.

Shuningdek, avgust 2025 yil noyabridan buyon global harorat sanoatlashuvdan oldingi darajadan 1,5 darajadan ko‘proq yuqori chiqqan ilk oy bo‘ldi.

Kiritildi: 16:01 10.09.2026. O'qildi: 294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!