Har yili Rossiyada umumiy maydoni 2 million kvadrat metrga yaqin uy-joylar avariya holatida, deb topiladi.
"vesti.ru“ning qayd etishicha, Rossiya Federasiyasining qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Andrey Chibis bu haqda ma’lum qilgan.
“Loyiha pasportining tasdiqlanishini kutish lozim. Shundagina 2024 yilgacha qayta joylashtiriladigan uy-joylar sonini aniq aytish mumkin. Umuman olganda, qayta joylashtiriladigan uy-joylar avariya holatidagilarga nisbatan ko‘p bo‘lishi kerak. Avariya holatida deb topilayotgan uy-joylar (ularning umumiy maydoni yiliga 2 million kvadrat metrni tashkil qilmoqda) soni esa o‘sib bormoqda. Agar biz kapital ta’mir tizimini yo‘lga qo‘ymaganimizda, hozirgi ko‘rsatkichlar birmuncha yuqori bo‘lishi ham mumkin edi” degan Andrey Chibis OAVga bergan intervyusida.
Manba: uza.uz