Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

AUDI Xitoyda elektr avtomobil zavodi qurilishini boshlaydi

AUDI Xitoyda elektr avtomobil zavodi qurilishini boshlaydi

Volkswagen Group tarkibiga kiruvchi Germaniyaning AUDI AG avtokonserni va Xitoyning FAW kompaniyasi Xitoy shimoli-sharqida joylashgan Chanchun shahrida elektromobillar ishlab chiqaradigan zavod qurishni boshladi. Bu haqda AUDI xabarida aytiladi.

Kompaniyalar uni 2024 yil oxirigacha yakunlashni rejalashtirmoqda.

Zavodning quvvati yiliga 150 ming avtomobil ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Dastlab, A6 e-tron va Q6 e-tron modellarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Audi kompaniyasi Audi FAW New CO qo‘shma korxonasida katta ulushga egalik qiladi. Nemis kompaniyasining unga kiritgan sarmoyasi va zavod qurilishi 2,6 milliard yevroni tashkil etadi.

PwC strategy hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida sotilgan uchta elektromobildan ikkitasi Xitoydagi mijozlar tomonidan sotib olingan.

Kiritildi: 15:33 02.07.2022. O'qildi: 4574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!