Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Astronomlar Yer sayyorasi bilan bir xil o‘lchamdagi 3 ta planetani aniqlashdi

Astronomlar Yer sayyorasi bilan bir xil o‘lchamdagi 3 ta planetani aniqlashdi

adqiqotchilar  yerdan 12 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan uchta yangi planetani kashf qildi.

“Biz Quyosh sistemasiga qo‘shni bo‘lgan sistemalardagi planetalarni aniqlashda yana bir qadam odimladik”, dedi Ispaniyadagi Kosmik fanlar instituti tadqiqotchisi Ignasi Ribas “Astronomy.com”ga bergan intervyusida.

Quyosh sistemasidan tashqaridagi barcha planetalar Yer massasidan kamida 1,4 – 1, 8 barobar katta ekanligi taxmin qilinadi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha,  ushbu planetalar o‘z yulduzlarini aylanishiga 13 kun vaqt ketadi.

 Tadqiqot guruhi ushbu planetalardan birida hayot mavjud bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Chunki undagi harorat suvni suyuqlik shaklida bo‘lishi uchun sharoit yaratadi. Lekin  bu 12 yorug‘lik yili uzoqlikdagi masofada bizni hayot kutib turishini anglatmaydi. Planeta yaqin o‘tmishda faol bo‘lganligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, 1 yorug‘lik yili 6 trillion milyaga teng bo‘lib, u yorug‘lik bir yilda bosib o‘tadigan masofadir.

Kiritildi: 06:50 31.08.2019. O'qildi: 2235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!