Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Asosli hadislar bor: Baroat kechasi haqida asl haqiqatlar

Asosli hadislar bor: Baroat kechasi haqida asl haqiqatlar

Baroat kechasi haqida biror bir hadis kelmagan, hadislarda baroat kechasining fazilati yo‘qdir deyish to‘g‘ri emas. Haqiqat shudirki, o‘n nafar sahobai kiromdan hadis rivoyat qilingan. Ularda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam baroat kechasining fazilatini marhamat qilganlar. To‘g‘ri, yuqorida zikr qilingan ba’zi hadislarning sanadini ulamolar tanqid qilishgan. Shu tanqidga binoan ayrim ulamolar baroat kechasining fazilati va asosi yo‘qdir deyishgan. Lekin muhaddis ulamolar va faqihlarlarning so‘zlariga ko‘ra bir hadisning sanadi boshqa sanadlar bilan qo‘llab-quvvatlansa undagi kamchilik, zaiflik bartaraf bo‘ladi. Yuqorida aytganimdek baroat kechasining fazilati haqida o‘n nafar sahobadan rivoyat kelgandir. O‘n sahobadan rivoyat kelgandan keyin uning fazilati va asli yo‘qdir deyish hato hisoblanadi.

Baroat kechasini ibodat bilan o‘tkazish

Xoyrul qurun ya’ni sahobai kirom, tobe’in va taba tobe’inlar roziyallohu anhum davrida bu kechani ibodat bilan o‘tkazishga qattiq ahamiyat berilgan. O‘sha kechada insonlar ibodat qilishga qattiq ahamiyat berar edilar. Endi bu kechada ibodat qilishni asossiz yoki bid’at deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi. To‘g‘risi shuki, bu kecha fazilatli kechadir. Bu kechada ibodat qilish ajr-savobga sabab bo‘ladi. Bu kechaning o‘ziga xos ahamiyati bordir. Bu kecha uchun maxsus, alohida ibodat belgilanmagan. Albatta bu kechada ba’zi insonlar o‘ylab chiqarganlaridek o‘ziga xos tarzda ibodat qilish yo‘q. Balki bu kechada qilinadigan o‘ziga xos biror ibodat shariat tomonidan belgilanmagan. Misol uchun birinchi rakatda falon surani falon marta o‘qing, ikkinchi rakatda falon surani shuncha marta o‘qing va hokazolardan iborat gaplar shariatda yo‘qdir. Buning hech bir asli va dalili yo‘qdir. Balki bu kechada xohlaganizcha nafl namozlar o‘qishingiz, Qur’on tilovati, zikr, tasbeh duolar qilishingiz mumkin. Kechani shu tarzda tiriltirib, qoim qilishingiz joiz. Ammo yuqorida aytganimizdek ma’lum yoki xususiy tarzda ibodat shakli sobit bo‘lmagan.

Baroat kechasi qabristonga borish

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bu kechada qilinadigan amallardan biri sobitdir. Birgina hadis bor. Unda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam baroat kechasi Jannatul Baqiyga borganlar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu kechada Jannatul Baqiy qabristoniga borganlar deb, odamlar bu kechada qabristonlarga ziyoratga borishni odat qilib olishibdi. Ammo mening otam Muftiyi a’zam Muhammad Shafe’ Usmoniy rohimahulloh bir ajoyib, muhim gapni aytgan edilar. Buni doim yodda saqlash kerak.

Aytadilarki: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan biror narsa qay darajada sobit bo‘lsa ana o‘sha darajada saqlab qolinishligi shartdir. Unda mubolag‘aga ham, kamchilikka ham yo‘l qo‘ymaslik kerak . Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam butun hayotlari mobaynida faqatgina Jannatul Baqiyga bir martagina borganlari sobit xolos. Ha, agar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bu hadislariga amal qiladigan bo‘lsak, butun hayot davomida baroat kechasida bir martagina borish bilan amal qilish to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin har yili baroat kechasida qabristonga borish, ziyorat qilish yoki baroat kechasida qabristonga borishni o‘zig xos ibodat deb belgilab olish, qabristonga borishni bu kechaning rukni, sharti qilib olish to‘g‘ri emas. Balki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislariga amal qilishda haddan oshish bo‘ladi.

O‘n beshinchi Sha’bon kuni ro‘za tutishlik

Yana bir masala, baroat kechasidan keyingi kun ya’ni sha’bonning o‘n beshinchi kuni ro‘za tutish. Buni ham yaxshi tushunib olish kerak. Barcha hadislar qarab chiqilganda baroat kechasining ertangi kuni ro‘za tutish haqida birgina rivoyat kelgan. Bu rivoyatning sanadi haqida ulamolar turli so‘zlarni aytishgan. Shu sababdan baroat kechasidan keyingi o‘n beshinchi kun ro‘za tutishni sunnat deb olishni ba’zi ulamolar qabul qilishmagan. Albatta sha’bon oyida ro‘za tutish haqida fazilatlar sobitdir. Lekin yigirma sakkizinchi, yigirma to‘qqizinchi sha’bon kunlarida ro‘za tutishdan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qaytarganlar. Chunki ramazondan bir-ikki kun oldin ro‘za tutmasin. Toki ramazonga inson yangi kayfiyatda kirib borsin.

Zikr qilingan rivoyatlarning manbalari:

1. Imom Termiziy Sunan i. 3-jild, 107-hadis.

2. Ibn Moja Sunan i. 1-jild, 444-hadis.

3. Ibn Moja Sunan i. 1-jild, 445-hadis.

4. Abdurazzoq Sanaoniy Musannaf i. 4-jild, 317-hadis.

5. Mishkotul masobiyh. 1305-hadis.

6. Imom Bayhaqiyning Shua’bul iymon kitobi. 3546-hadis

7. Imom Bayhaqiyning Shua’bul iymon kitobi, 3556-hadis.

8. Haysamiyning Majma’uz zavoid kitobi, 12957-hadis.

9. Imom Ahmadning Musnad i. 11-jild, 216-sahifa.

10. Ibn Abu Osimning Sunnat kitobi. 1-jild 216-hadis.

11. Ibn Abu Osimning Sunnat kitobi. 1-jild, 223-hadis.

12. Imom Bazzorning Musnad kitobi. 7-jild, 186-hadis.

13. Ibn Hibbonning Sahih i.12-juz, 481-hadis.

14. Taqiyuddin Alhindiyning Kanzul ammol kitobi. 3-jild, 467-hadis.

15. Taqiyuddin Alhindiyning Kanzul ammol kitobi. 5-jild, 364-hadis.

16. Taqiyuddin Alhindiyning Kanzul ammol kitobi. 12-jild, 212-hadis.

17. G‘urarul ahkomning sharhi Durarul hukkom kitobida quyidagicha marhamat qilinadi: Sha’bon kechasining yarmini ihyo qilish mustahabdir. Masjidda to‘planib jamoat tarzida kechasi bilan namoz o‘qib chiqish makruhdir .

18. Bahrur roiq kitobi. 2-jild, 56-sahifa: Sha’bon kechasining yarmida namozni alohida o‘qiydi .

19. Addurrul muxtor kitobi. 2-jild, 25-sahifa: Sha’bonning yarim kechasini ihyo qiladi .

Manba: azon.uz

Kiritildi: 17:14 21.04.2019. O'qildi: 6262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!