Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Aslida, prezidentning joniga qasd qilinganmidi?

A A A
Aslida, prezidentning joniga qasd qilinganmidi?

Venesuela Bosh prokurori Tarek Uilyam Saab shanba kuni kechqurun prezident Nikolas Maduroga qarshi uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha tergov boshlanganini ma’lum qildi. RIA Novostining xabar berishicha, prezident Maduro uning joniga qasd qilganlarni maksimal darajadagi jazo kutayotganini aytib o‘tgan. Nikolas Maduro bir necha kishining bu ish yuzasidan hibsga olinganini ma’lum qilar ekan, uni mamlakat o‘ng kuchlari Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos va AQShning Florida shtatida yashovchi raqiblari ko‘magida amalga oshirgan deb ta’kidlagan. 

Sal avvalroq, Venesuela kommunikasiyalar vaziri Xorxe Rodriges ham Bolivar maydonidagi paradda Maduro turgan joyga portlovchi moslamalar o‘rnatilgan bir necha uchuvchi qurilmalar yo‘naltirilganini ma’lum qilgandi. 

Assosheyted Press esa Venesuela yong‘in xizmatlariga iqtibos keltirgan holda, hodisaga yaqin joydagi gaz ballonlari portlashini hujum deb talqin qilingan, deya xabar tarqatdi. 

Venesuela armiyasi sobiq maslahatchisi Entoni Dakin ham “shanba kuni prezident joniga qasd qilingani yo‘q, balki shunchaki gaz portlagan”, deb aytgan. Xabarda qayd etilishicha, yetti nafar harbiy jarohatlangan, prezident sog‘ligiga ziyon yetmagan. 

Dakin NTN24 kanaliga bergan intervyusida rasmiy tadbirlarda havo hududi to‘liq yopilishini va hech qanday uchuvchi qurilma yaqinlasha olmasligini, Maduroga yaqinlashgan dronlar esa to‘liq mamlakat harbiylari tomonidan nazorat qilinganini, ta’kidlagan. 

Dushanba kuni tergovning dastlabki natijalari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. 

Manba: uza.uz

Kiritildi: 14:39 05.08.2018. O'qildi: 1913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik