Kecha Tramp bizni terrorchilar deb atadi, aslida biz terrorizm qurboni bo‘lganmiz — Eron prezidenti.
Mas’ud Pizishkiyon bu haqda BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida aytib o‘tdi.
"Bizning muhtaram oliy rahnamomiz hech qanday qonuniy asos yoki sababsiz suiqasd qurboni bo‘lgan. Men shunday Erondan kelganmanki, u yerda bolalarning oddiy maktabini bombardimon qilishgan. Bu bolalarni ko‘ryapsizmi? Bu bolalar AQSh va Isroil tomonidan qo‘llanilgan bombalar ostida halok bo‘lishgan. Ular begunoh edi va hech qanday jinoyat sodir etishmagandi", — dedi Eron prezidenti.