Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Asakada 1 gektar yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

A A A
Asakada 1 gektar yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.J. vaqtincha ijara shartnomasi asosida foydalanib kelinayotgan “N” fermer xo‘jaligiga qarashli mevali bog‘dan iborat 1 gektar yer maydonini, tasarruf etish va uchinchi shaxsga o‘tkazish huquqi bo‘lmasada, ushbu yer maydonini sotib daromad orttirish maqsadida fuqaro F.ning ishonchiga kirib uni aldab, oldindan kelishilgan 45 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Departament matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:14 24.02.2021. O'qildi: 1799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!