Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Artel nega o‘z logotipini o‘zgartirdi? (FOTO+VIDEO)

Artel nega o‘z logotipini o‘zgartirdi? (FOTO+VIDEO)

Artel kompaniyasi o‘z logotipini vaqtincha o‘zgartirdi. Ayni damda kompaniya logotipida sariq rang fonida #AYOLNI_QADRLANG xeshtegi yozilgan.

Buning sababi ham ma’lum bo‘ldi: 25 noyabr, ya’ni bugun "Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni" hisoblanadi. Buni qarangki, kompaniya logotipini o‘zgartirish bilan birga ayollar kuniga atab maxsus rolik ham tayyorlabdi. Har holda biz poytaxtning turli joylarida duch kelgan, katta ekranlarda aks etgan quyidagi video va suratlar fikrimizni isbotlaydi.

Artel nega o‘z logotipini o‘zgartirdi? (FOTO+VIDEO)

Artel nega o‘z logotipini o‘zgartirdi? (FOTO+VIDEO)Artel nega o‘z logotipini o‘zgartirdi? (FOTO+VIDEO)

Muhim sanalarga nisbatan bunday munosabatda bo‘lish kompaniya faoliyatida birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. Avvalroq, aniqrog‘i 21 oktyabr kuni o‘zbek tili bayrami munosabati bilan kompaniya Toshkent shahridagi ekranlarda maxsus videoroliklar joylashtirgandi.

Demak, kompaniya o‘zini shunchaki ishlab chiqaruvchi sifatida emas, balki jamiyat hayotidagi muhim voqeliklarga o‘z pozisiyasini bildirishni burchi deb biladigan sub’ekt sifatida ko‘rmoqda. Bu yaxshi jihat, albatta.

Aslini olganda, bugun – juda muhim sana. Butun dunyoda gender tenglik haqida bong urilishi, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida ayollarning qadrini yanada oshirish yotadi. Xotin-qizlarimizga nisbatan har qanday zo‘ravonlik esa keskin qoralanadi.

Keling, hammamiz Artel kabi kerakli lahzalarda o‘z pozisiyamizni ko‘rsata olaylik. Ayollarni asraylik, azizlar!

Kiritildi: 17:49 25.11.2021. O'qildi: 4936 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!