Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

«Arsenal» yozda Obameyangni sotishi mumkin

«Arsenal» yozda Obameyangni sotishi mumkin

"Arsenal" klubi yozda hujumchi Pyer-Emerik Obameyangni sotishi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, gabonlik futbolchining shartnomasi 2021 yilda yakuniga yetadi. Obameyang esa "kanonirlar" bilan shartnomani uzaytirishni istamayapti. 30 yoshli futbolchi 20 million yevro yillik maosh talab qilayotgan bo‘lsa, "Arsenal" bunday miqdordagi maoshni to‘lamoqchi emas. Shu bois, londonliklar bir yildan keyin erkin agentga aylanadigan hujumchini yozgi transfer paytida sotib yuborishmoqchi.

Avvalroq Obameyangga "Barselona" va "Inter" klublari qiziqish bildirishgan edi. Gabonlik futbolchi ushbu mavsumda "Arsenal" safida barcha musobaqalar doirasida 30ta o‘yinda maydonga tushib, 19ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.

Manba: stadion. uz

Kiritildi: 07:00 27.02.2020. O'qildi: 1960 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!