Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Arsenal" "Barselona" futbolchisini sotib olishdan bosh tortdi

"Arsenal" "Barselona" futbolchisini sotib olishdan bosh tortdi

"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde Londonning "Arsenal" klubiga o‘tmaydi.

Fransiyalik futbolchi "kanonirlar"ning transfer maqsadlaridan biri hisoblanardi, ammo ingliz klubi boshqa nomzodni tanladi. Jurnalist Matteo Morettoning so‘zlariga ko‘ra, "Arsenal" hozirda Kundeni kuzatmayapti. Endilikda londonliklar to‘liq e’tiborini "Bolonya" va Italiya terma jamoasi futbolchisi Rikardo Kalafyori transferiga qaratishgan.

Jyul Kundening "Barselona" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. 25 yoshli futbolchining narxi Transfermarkt ekspertlari hisobiga ko‘ra, 45 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 09:30 08.07.2024. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!