Angliya Premyer-ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi 1-turidan o‘rin olgan bahsda amaldagi chempion «Arsenal» o‘z maydonida Frenk Lempard boshchiligidagi «Koventri Siti» jamoasini qabul qildi va 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvdagi hisob 15-daqiqada Kay Xavers tomonidan ochildi. 23-daqiqada Bukayo Saka londonliklarning ikkinchi golini urdi. Ikkinchi bo‘lim boshida, 49-daqiqada jamoa sardori Martin Edegor yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Mikel Arteta shogirdlari 85 ochko jamg‘arib, Angliya chempioniga aylangan edi. Chempionshipda 95 ochko bilan g‘olib bo‘lgan «Koventri Siti» esa elitaga qaytdi.
Keyingi turda «Arsenal» 31 avgust kuni safarda «Aston Villa» mehmoni bo‘ladi, Lempard jamoasi esa 29 avgust kuni o‘z maydonida «Xall Siti»ni qabul qiladi.