Armanistonning Korrupsiyaga qarshi qo‘mitasi 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda ovoz sotib olish holatlarini aniqlash uchun dronlardan foydalanilishini ma’lum qildi.
Qo‘mita bayonotiga ko‘ra, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash butun mamlakat bo‘ylab o‘tkaziladigan tezkor-qidiruv tadbirlari samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bu chora saylovchilarga pora berayotgan va olayotgan shaxslarni aniqlash uchun joriy etilmoqda.