Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Armaniston sobiq prezidentining ukasi qidiruvga berildi

A A A
Armaniston sobiq prezidentining ukasi qidiruvga berildi

Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyanning ukasi Levon Sargsyan qidiruvga berildi. Bu haqda Armanistonning maxsus tergov xizmati ma’lum qildi. 

Shuningdek, Levon Sargsyanning qizi Anya Sargsyan ham qidiruvga berilgan. Ular noqonuniy boyish va deklarasiya qilinishi kerak bo‘lgan mulkni yashirishda ayblanmoqdalar.

Sud ehtiyot chorasi sifatida Levon Sargsyanni hibsga olish, Anyaga esa mamlakatni tark etmaslik choralari belgilagan.

Gap Levon Sargsyan, uning o‘g‘li Narek va qizi Anya Sargsyanning noto‘g‘ri deklarasiya qilingan daromadlari haqida ketmoqda. 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 22:26 07.07.2018. O'qildi: 1536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik