Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Armaniston sobiq prezidentining jiyani hibsga olindi

A A A
Armaniston sobiq prezidentining jiyani hibsga olindi

Armanistonda sobiq prezident Serj Sargsyanning jiyani hibsga olindi, deya Meduza xabar bermoqda.

Sargsyanning jiyani qotillik sodir etishga urinishda ayblangan. 2018 yil iyunda jabrlanuvchining prokuraturaga arz qilganidan keyin jinoiy ish ochilgan.

Serj Sargsyan 2008 yil 19 fevralda prezidentlik lavozimiga saylangan. 2018 yil muxolifatchi Nikola Pashinyan boshchiligidagi ommaviy noroziliklar tufayli iste’foga chiqqan.

Iyun oyida Sargsyanning qarindoshlari noqonuniy tadbirkorlik va hujjatlarni soxtalashtirishda ayblangan. Sobiq prezidentning ukasi Levon Sargsyanga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Bundan tashqari, Sargsyanning sobiq tansoqchisiga nisbatan ham jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 12:21 12.07.2018. O'qildi: 1281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik