Rossiyaning gumanitar yordami Qorabog‘dan kelgan qochqinlar uchun edi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ma’lum qilishicha, gumanitar yuk “Rossiya gumanitar missiyasi”, “Evroosiyo” va “Rossotrudnichestvo” orqali yuborilgan.
Uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, eng zarur tovarlar va bolalar uchun maxsus to‘plamlar bo‘lgan.
Armaniston tomoni rad etishni saylovoldi davrida xayriya yordamini qabul qilish mumkin emasligi bilan izohlagan.
Zaxarova esa bu qarorni tanqid qilib, Yerevan Rossiya haqidagi har qanday eslatmani yo‘qotishga urinayotganini aytdi. Uning fikricha, bunday qarordan eng avvalo Armanistonning o‘zi va uning fuqarolari zarar ko‘radi.