Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan iste’foga chiqdi

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan iste’foga chiqdi

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan iste’foga chiqdi. Tegishli bayonot Prezident saytida e’lon qilindi.

Sarkisyanning aniqlik kiritishicha, uning qarori hech qanday hissiyotga bog‘liq emas. U barcha fuqarolarga «mamlakat uchun og‘ir kunlarda ko‘rsatgan matonati, chidamliligi, sabri va jasorati uchun» minnatdorchilik bildirdi. Armanistonning sobiq rahbari askar va ofiserlarga alohida minnatdorchilik bildirdi.

«Davlatimiz uchun milliy birdamlik zarur bo‘lgan bugungi og‘ir pallada prezident instituti g‘iybat va fitna nazariyalari ob’ektiga aylanmasligi, bu orqali jamoatchilik e’tiborini eng muhim masalalardan chalg‘itishi kerak», — deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 21:22 23.01.2022. O'qildi: 2963 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!