Armaniston Ozarbayjon taklif qilgan tinchlik bitimini imzolashi kerak. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li ma’lum qildi.
"Janubiy Kavkazda tinchlik va barqarorlik uchun Boku va Yerevan imkon qadar tezroq keng qamrovli tinchlik shartnomasini imzolashi kerak. Biz bu jarayonni qo‘llab-quvvatlaymiz", - dedi vazir.
Armanistonga mintaqada tinchlik va bu hamkorlik kerak, deya qo‘shimcha qildi u.