Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Armaniston Yevropa Ittifoqiga qo‘shiladi(mi)?

Armaniston Yevropa Ittifoqiga qo‘shiladi(mi)?

Bosh vazir Nikol Pashinyan Armaniston Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni istashini ma’lum qildi. Bu haqda u Yerevanda o‘tkazilgan sammitda aytib o‘tdi.

Pashinyan so‘zlariga ko‘ra, YEIga a’zolik istiqboli mamlakatda demokratik va institusional islohotlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha rag‘bat bo‘lishi mumkin. U Yerevan imkoni boricha tezroq Yevropa standartlariga mos davlatlar darajasiga erishishni maqsad qilganini ta’kidladi.

«Bu bizning oraliq asosiy maqsadimiz, chunki biz tushunamizki, hech bir davlat bu standartlarga mos kelmasdan YEIga to‘laqonli a’zo bo‘la olmaydi. Agar bizni YEIga to‘liq a’zo sifatida qabul qilishsa, bundan xursand va baxtli bo‘lamiz. Agar qabul qilishmasa ham, har qanday holatda ham yutqazmaymiz, chunki Armaniston Respublikasi Yevropa standartlariga ega davlatga aylanadi», — dedi bosh vazir.

Shu bilan birga, Pashinyan yangi davlatlarni YEIga qabul qilish qarori siyosiy xarakterga ega ekanini va ittifoq istalgan paytda kengayishni to‘xtatishi mumkinligini ta’kidladi.

Ayni paytda, 5-may kuni Armaniston tomoni Yevropa Ittifoqi bilan Yerevanda o‘tkazilgan «Armaniston — YEI» sammiti doirasida ikki hujjat imzoladi. 4–5-may kunlari mamlakat poytaxtida Yevropa siyosiy hamjamiyati sammiti bo‘lib o‘tmoqda, unda Armanistonning YEI bilan aloqalarini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinmoqda. Tadbirda qariyb 50 ta davlat vakillari, jumladan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron ishtirok etmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:57. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!