Armaniston harbiylari va NATO davlatlarining "Eagle Partner-2026" qo‘shma mashg‘ulotlari 17 iyundan 25 iyungacha Armanistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda, deya ma’lum qildi mamlakat mudofaa vazirligi.
Ishtirokchilar "tinchlikparvarlik vazifalarini tayyorlash va bajarish ko‘nikmalarini" mashq qiladilar.
To‘rtta davlat ishtirokidagi mashg‘ulotlar ilk bor o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bundan oldin "Eagle Partner" mashg‘ulotlarida faqat Armaniston va AQSh ishtirok etgan edi.
Armaniston va NATO davlatlarining qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari Yerevan va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashishi fonida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.